Arda Gyuler "Braga"ga qarshi o‘yinda debyut qiladi

  • 30 oktabr, 2023, 22:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler noyabr oyi boshida yangi jamoasida debyut qiladi. Jurnalist Edu Agirre bergan ma’lumotga ko‘ra, turkiyalikning debyuti Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Braga"ga qarshi o‘yinda bo‘ladi. 

Tecno

Gyuler yozda Turkiyaning "Fenerbaxche" klubidan 20 million evro evaziga "Real Madrid"ga o‘tgan edi. Arda jarohatlar sabab haligacha "qaymoqranglilar" safida maydonga tushmadi. 

18 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida 20ta o‘yinda qatnashib, 4ta gol va 3ta assistentni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!