Arauxo: "Vinisius menga juda yoqadi"

  • 24 oktabr, 16:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo Vinisius haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Vinisius – ajoyib futbolchi. Har safar maydonda uchrashganimizda u o‘zini juda professional tutadi. U sendan bor mahoratingni namoyish qilishni talab qiladi. Bunday ishni faqat yuqori darajadagi futbolchilar qila oladi — ular raqibning salohiyatini shunday duellarda ochib beradi.

Menga Vinisius kabi jasur va hujumkor futbolchilar yoqadi. U maydondan tashqarida nima deyishi men uchun ahamiyatsiz. Eng muhimi — u maydonda nima qilishidir", — dedi Arauxo.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasining 10-turida Xans-Diter Flik boshqaruvidagi "Barselona" safarda Xabi Alonsoning "Real Madrid"i bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:15’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!