Arauxo "Chelsi"ga qarshi o‘yindan keyin "yo‘qolib qoldi". Buning sababi jarohat bilan bog‘liq emas

  • 4 dekabr, 02:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 5-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Chelsi" - "Barselona" uchrashuvida Ronald Arauxo qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Shundan keyin klub muxlislari tomonidan yana bir bor qattiq tanqidlar ostida qolgan himoyachi La Liganing navbatdagi tur o‘yinlarida ishtirok etmadi. Buni klub futbolchining oshqozon virusi bilan kasallangani bilan bog‘liqligini aytdi, lekin sabab bu emas edi. uua

Tecno

Chelsea FC v FC Barcelona - UEFA Champions League 2025/26 League Phase MD5

Fabritsio Romano Arauxo bilan nimalar sodir bo‘layotgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytda ruhiy holati yaxshi emas va Ronald bu bilan kurashib kelmoqda. Shu sababli, u mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham ishtirok eta olmayapti. 

Futbolchining agenti va "Barselona" sport direktori Deku o‘rtasida Arauxoning holatini bilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Jamoadagi barcha uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozircha himoyachining transferi haqida hech qanday xabarlar yo‘q. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!