Arauxo "Barselona"da boshqa o‘ynamasligi mumkin
"Barselona" a’zosi Ronald Arauxo psixologik muammolarga duch kelmoqda. Himoyachi so‘nngi o‘yinlarda qaydnomaga ham kiritilmadi.
COPE nashrining xabar berishicha, klub Arauxoni qo‘llab-quvvatlamoqda va uning qaytishiga shoshilmayapti oilasi va jamoadoshlari ko‘magida ruhiy tiklanishda davom etmoqda. Avvalroq, 26 yoshli futbolchi murabbiylardan o‘zini tiklab olish uchun vaqt so‘ragan.
"Hammasi ko‘ringanidan ham jiddiyroq. Ronaldning holati juda jiddiy. U yana "Barselona" safida o‘ynaydimi yoki yo‘qmi noma’lum", - deya qo‘shimcha qildi sharhlovchi Xuanma Kastano.
Ma’lumot uchun, urugvalik himoyachining "ko‘k-anorranglilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi.



Fikrlar