"Aral" tarkibini kuchaytirmoqda

  • 9 fevral, 10:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Aral” jamoasi ham tarkibini kuchaytirish ishlarini olib boryapti.

Tecno

Jumladan, o‘tgan yili “Mash’al”da to‘p surgan yarim himoyachi Otajon Niyazmetov “Aral” bilan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilgan yana bir yarim himoyachi Doniyor Ismoilov yangi mavsumda “Aral” uchun to‘p suradi.

Bundan tashqari, “Lokomotiv”da faoliyat olib borayotgan 28 yoshli yarim himoyachi Sobit Sindarov ham “Aral” a’zosiga aylandi. Undan avval esa "Xorazm"dan Bobur Farhodov tarkibga qo‘shib olingandi.

“Aral” nazorat bellashuvlarini ham o‘tkazmoqda. Yaqinda “Dinamo” bilan 1:1 o‘ynagan bo‘lsa, 11 fevral kuni “Mash’al”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!