Arab kubogi. Saudiya Arabistoni Falastinni engib, yarim finalga chiqdi
Qatar mamlakatida o‘tayotgan Arab kubogi o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda. Chorak final bosqichidan o‘rin olgan bahsda Saudiya Arabistoni Falastinni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, uchrashuvning 58-daqiqasida Firas Al-Buraikan penaltidan gol urib, saudiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 64-daqiqada Uday Dabbag hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi va jamoalar ekstra-taymga o‘tishdi. 115-daqiqada Mahammad Kanno raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, Erve Renar shogirdlari yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.



Fikrlar