Arab kubogi. Iordaniya Iroqni minimal hisobda mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi!
Arab kubogining chorak finalidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
"C" guruhidan 100 foizlik natija (9 ochko) bilan keyingi bosqichga chiqqan Iordaniya terma jamoasi chorak finalda Iroqni minimal 1:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa bu bosqichda Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.
Bellashuvdagi yagona golni 41-daqiqada Olven 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistoni - Iordaniya jamoalari ishtirokidagi yarim final bellashuvi 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
{game}https://sports.uz/games/match/19611284{/game}



Fikrlar