AQShda Messidan zo‘ri chiqib qoldi

  • 30 noyabr, 2023, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MLSda mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, “Tsintsinnati” jamoasining argentinalik hujumkor futbolchisi Lusiano Akosta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

Tecno

“Tsintsinnati” muntazam chempionatni ilk bor birinchi o‘rinda yakunladi va bosh sovrin uchun bo‘ladigan final bosqichida o‘ynamoqda.

Lusiano Akosta mavsumda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 10 ta golli pas uzatdi.

Yozda “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan  Lionel Messiga kuchli uchlikdan ham joy topilmadi.

So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Akostadan keyingi o‘rinlarni “Los Anjeles” hujumchisi Denis Buangu va  “Atlanta” yarim himoyachisi Tyagu Almadu egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!