
AQSh uchun Niderlandiya bilan o‘yin oldidan yaxshi yangilik
AQSh hal qiluvchi 3-turda Eronni mag‘lubiyatga uchratib pley-off bosqichiga yo‘l oldi. O‘yindagi yagona golni Kristian Pulishich kiritgandi, ammo futbolchi uchrashuvda jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning qachon safga qaytishi ma’lum emasdi.
“Chelsi” futbolchisi AQShning Niderlandiyaga qarshi o‘yinida maydonga tushadi. Terma jamoaning rasmiy futbol federatsiyasi tvitter orqali uni mashg‘ulotlarda qatnashayotganligini e’lon qildi.
Berxalter shogirdlari tarix yozishda davom etmoqda. Ular Shimoliy Amerika qit’asidagi davlatlar orasida guruxdan chiqqan yagona terma jamoaga aylandi.
Fikrlar