
AQSh murabbiyi: "Ikki jamoa ham g‘alaba uchun qizg‘in kurash olib bordi"
AQSh bosh murabbiyi Gregg Berxalter birinchi turdan o‘rin olgan Uelsga qarshi bahsdan keyi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ikki jamoa ham g‘alaba uchun qizg‘in kurash olib bordi. Biz maydonda bor kuchimizni ishga soldik. O‘ylashimcha, qaysidir nuqtada o‘yin tempini pasaytirdik, raqib esa kuchaytirdi.
Qarshi hujumlarda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Umuman olganda, yigitlar yaxshi harakat qildi. Biz oxirigacha oldinga bordik", - dedi murabbiy.
Fikrlar