APLning yangi boylari "Real" "olmosi"ga ko‘z tikdi

  • 30 oktabr, 2021, 12:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "El Nacional" xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, "qarg‘alar" yozgi transfer vaqtida jahon chempionini xarid qilishga urinib ko‘radi. "Nyukasl" xavbek uchun 30 million evro to‘lashga tayyor. Kroosning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Avvalroq, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Tonini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanligi haqda ma’lumotlar chiqqan edi. Joriy mavsum futbolchi La Ligada bor yo‘g‘i 3ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!