APLning top-klublari PSJning portugaliyalik futbolchisiga qiziqmoqda

  • 5 avgust, 20:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul", "Manchester Yunayted", "Aston Villa" va "Nyukasl Yunayted" PSJning 24 yoshli hujumchisi Gonsalu Ramushni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda.

Ta’kidlanishicha, "Liverpul"ning asosiy nishoni "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isak bo‘lib qolmoqda, biroq u bilan shartnoma imzolashda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, mersisaydliklar Ramush nomzodiga murojaat qilishlari mumkin.

O‘tgan mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!