APLning ikki grandi Frantsiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashmoqda

  • 21 iyul, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer huquqlari “Monako”ga tegishli bo‘lgan himoyachi Aksel Disasi Frantsiya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Florian Plettenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan Angliyaning ikki klubi qiziqib qolgan. Gap "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" haqida ketmoqda. "Monako" o‘z navbatida futbolchi uchun 45-50 million evro taklif qilsa, u bilan xayrlashishga tayyor. Tomonlar muzokara olib bormoqda.

Himoyachi “Monako” safida 2020 yilning avgust oyidan buyon o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi esa 2025 yil iyun oyining oxirigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!