
APLning ikki grand klubi "Ayntraxt" hujumchisi uchun kurashadi
Ugo Ekitike faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Caught offside" nashri ma’lum qildi.
"Ayntraxt"ning 22 yoshli hujumchisiga "Arsenal" va "Chelsi" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchining harakatlarini Aleksander Isakka qiyoslayapti.
Biroq, nemis klubi kelgusi mavsumda Ekitikeni o‘z safida saqlab qolishni istamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Ekitike Bundesliganing 21 o‘yinida 12 gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar