
APLning eng tezkor futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi
Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik o‘z pozitsiyasida Premer-liganing eng tezkor futbolchilari safiga kiritildi.
36,63 km/soat tezlikka erishgan "Chelsi" yarim himoyachisi Squawka tomonidan tuzilgan tarkibdan eng yuqori tezlikka ega chap qanot yarim himoyachisi sifatida kiritildi.
Squawka talqiniga ko‘ra, Premer-liganing boshqa pozitsiyalardagi eng tezkor futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabon: Gevin Bazunu («Sautgempton», maksim tezlik – 32,62 km/s);
O‘ng qanot himoyachisi: Diogu Dalot («Manchester Yunayted», 35,76 km/s);
Markaziy himoyachilar: Kristoffer Ayer («Brentford», 35,53 km/ch), Tayron Mings («Aston Villa», 34,98 km/s);
Chap qanot himoyachisi: Kiran Tirni («Arsenal», 35,99 km/s);
Markaziy yarim himoyachilar: Mateush Nunesh («Vulverxempton», 36,32 km/s), Denis Zakariya («Chelsi», 36,09 km/s);
O‘ng qanot yarim himoyachisi: Entoni Gordon («Nyukasl», 36,61 km/s);
Chap qanot yarim himoyachisi: Mixail Mudrik («Chelsi», 36,63 km/s);
Markaziy hujumchilar: Darvin Nunes («Liverpul», 36,53 km/s), Brennan Jonson («Nottingem Forest», 36,7 km/s).
Fikrlar