
APLdagi uchta bellashuv boshqa muddatga qoldirildi
Angliya Premer ligasi qirolicha Elizaveta II ning dafn marosimi munosabati bilan chempionatining 8-turidan o‘rin olgan 10 ta o‘yinning uchtasi qoldirilganini e’lon qildi.
Quyidagi bellashuvlar kelayotgan dam olish kunlarida bo‘lmaydi: “Chelsi” – “Liverpul”, “Manchester Yunayted” – “Lids”, “Brayton” – “Kristal Pelas”. Ko‘chirilgan o‘yinlar sanasi tez orada e’lon qilinadi.
Qolgan o‘yinlar belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinlar bir daqiqalik sukut bilan boshlanigi e’lon qilindi.
Fikrlar