
APLda yanvar oyining eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi
Angliya chempionati rasmiy saytining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford APLning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Reshford bu mavsumda ikkinchi marta, faoliyatida esa uchinchi bor mazkur sovringa loyiq ko‘rildi.
Avvalroq, angliyalik futbolchi 2019 yilning yanvarida va 2022 yilning sentyabrida oyning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingandi.
Yanvar oyida "qizil iblislar" hujumchisi o‘tkazilgan 4 ta o‘yinning 3 tasida gol urdi. 25 yoshli futbolchi "Bornmut", "Manchester Siti" va Londonning "Arsenal" klubi darvozasiga gol urdi.
Ovoz berishda Reshford Den Bern ("Nyukasl"), Brennan Jonson ("Nottingem Forest"), Riyad Maxrez ("Manchester Siti"), Solomon Marsh ("Brayton"), Devid Rayya ("Brentford") va Bukayo Saka ("Arsenal")ni ortda qoldirdi.
Fikrlar