
APLda Venger 2010 yillarda eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiy! Mourino, Klopp va Gvardiola ham kuchli 10 talikdan joy olgan! (FOTO)
"Arsenal" klubining sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger 2010 yillarda, APLda eng ko‘p g‘alabaga erishgan mutaxassis bo‘ldi.
70 yoshli mutaxassis 2018 yilning may oyida lavozimini tark etgan edi va shungacha 179 ta g‘alabaga erishishga ulgurgan.
Frantsiyalik murabbiy 132 ta g‘alabaga erishgan Maurisio Pochettino ("Sautgempton", "Tottenxem") va 110 bor zafar quchgan Joze Mourino ("Chelsi", MYu, "Tottenxem") ni ortda qoldirdi.
Keyingi o‘rinlarda Yurgen Klopp ("Liverpul", 104 g‘alaba), Pep Gvardiola ("Manchester Siti", 100 g‘alaba) va Brendan Rojers ("Suonsi", "Liverpul", "Lester", 93 g‘alaba) qayd etilgan.
Shu qatorda, Arsen Venger so‘nggi 10 yillikda 608 ochko to‘plab, eng ko‘p ochko jamg‘argan mutaxassis bo‘ldi.
Fikrlar