APLda oson chempionlikka erishganlar (Erkinjon G‘aybullaev blogi)

  • 3 dekabr, 2019, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 APL turnir jadvalida “Liverpul” raqiblaridan ancha oldinlab ketdi. Bu safar o‘tgan galgidek oxirgi turlargacha kurash bo‘ladimi, yoki bu safar “Liverpul” osonlikcha chempionlikka erishadimi?

Tecno

Hozir esa APL tarixida osonlik bilan chempionlikka erishgan jamoalarni yodga olamiz.

“Preston Nort end” (1888/89)

“Preston Nort end”ning ketma-ket 22 o‘yinlik g‘alabasiga hech kim qarshilik qila olmadi. Endigina yuqori ligaga chiqqan jamoa hammani hayratga soldi. Barcha jamoadan ko‘p gol urdi, barcha jamoadan kam gol o‘tqazdi. O‘sha mavsumda Angliya chempionligini ham, mamlakat Kubogini ham qo‘lga kiritdi. O‘sha mavumning ilk turida “Vest Bromvich” turnir jadvalida birinchi o‘rnida turgandi, faqatgina gollar hisobiga. Ana shundan so‘ng mavsum so‘nggiga qadar “Preston Nort end” birinchi o‘rinni hech kimga bermadi.

“Aston Villa” (1896/97)

“Aston Villa” dublga erishgan (chempionlik va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan) ikkinchi jamoaga aylangandi. O‘sha mavsumda bor-yo‘g‘i 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. “Aston Villa” chempionlikka erishgan mavsumida asosiy raqibidan 11 ochko oldinlab ketgan edi. Ikkinchi o‘rindagi “Sheffild Yunayted” esa 30 ta o‘yindan 13 tasida g‘alaba qozongan edi.

“Sanderlend” (1935/36)

XX asrning haqiqiy titani bo‘lgan “Sanderlend” 1913-yildan keyin muxlislarini xursand qilishni unutib qo‘ygan edi. 1928-yilda murabbiylik postiga kelgan Jonni Kokreyn jamoani eski holatiga qaytarish uchun bor kuchini sarfladi. 1935-yilda jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. Oltin medalni esa “Arsenal” qo‘lga kiritgan edi. Ammo kelasi mavsumda esa “Sanderlend”ni hech kim tanimay qoldi. Rojdestvogacha chempionlik masalasini hal qilishgacha bordi. Mavsum so‘nggida esa “Derbi” bilan orasida 8 ochko farq bilan chempionlikni nishonladi.

Tottenxem” (1960/61)

Ular chempionatda qanday dominantlik qilishni yaqqol misoli. Billi Nikolson boshchiligidagi jamoa o‘sha mavsumda fantastik o‘yin namoyish etgan. 16 o‘yindan 15 tasida g‘alaba qozongan jamoa eng yaqin izdoshlari “Vulverxempton” va “Sheffild Yunayted”dan sezilarli darajada oldinlab ketgandi. O‘sha mavsumdagi 115 ta gol, mehmondagi 16 ta g‘alaba, Angliya Kubogini qo‘lga kiritilishi… Muxlislar bunday natijani “Aston Villa”ni 1987-yildagi dublidan beri ko‘rmagan edi.

“Everton” (1969/70)

1970-yil fevral oyidagi ketma-ket 3 g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etib turgan edi. Oldinda, amaldagi chempion “Lids” turgan edi. Chempionlik uchun kurashish kerakmi, yoki taslim bo‘lishmi?

O‘sha paytda “Iriskalar” boshqacha ishtiyoq bilan kurashga kirishdi. “Lids” esa shunchaki o‘ynamay qo‘ydi. Yakunda “Everton” champion bo‘ldi va haligacha muxlislar shu chempionlikni yodda saqlashadi.

“Nottingem Forest” (1977/78)

“Forest”ning birinchi chempionlikka erishishi haqiqiy qahramonlik edi. Chunki bir mavsum avval quyi divizionda yurgan edi, jamoa. Yana bir e’tiborga molik jihati, ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil etgan. O‘sha paytlar g‘alaba uchun 3 emas, 2 ochko berardi. Jamoa 42 ta o‘yinning bor-yo‘g‘i 3 tasida mag‘lubiyatga uchragandi, xolos. Bunday natijaga hech kim ishonmagandi, faqatgina, murabbiy Brayan Klafdan boshqa.

“Liverpul” (1987/88)

O‘sha mavsumda “Liver” orada 9 ochko farq bilan champion bo‘lgan edi. Kenni Dalglish Yan Rashni yo‘qotganidan so‘ng, uning o‘rniga Jon Barns va Piter Birdslarni olib kelgandi.

Jamoa martgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmadi. Faqatgina “Everton” mag‘lubiyatsiz seriyasini yakuniga etkazdi. Ikki haftadan so‘ng, “Nottingem”dan ham mag‘lubiyatga uchradi. Lekin keyin “Nottingem”ni 5-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib qasosini oldi.

“Arsenal” (2003/04)

“Arsenal” o‘sha mavsumda xuddi “Preston” kabi mag‘lubiyatsiz seriyani qayd etdi. “Manchester Yunayted” “Kanonirlar”ga qarshilik qilishga urindi. Natija: “Arsenal” ikkinchi o‘rindagi jamoadan 11 ochko oldinlab ketdi va champion bo‘ldi. O‘sha mavsumda Anri o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazgan edi. 30 ta gol bilan championat to‘purariga aylangandi.

“Chelsi” (2004/05)

Mourino va’da bergandi, lekin hech kim u jamoani haqiqiy grandga aylantiradi deb ishonmagan edi. “Manchester Yunayted” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng portugaliyalik mutaxassis hazillashmayotgani bilindi. Bu Jozening ilk o‘yini edi va faqatgina oktabrda jamoa mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng esa umuman mag‘lubiyatga uchramadi. 95 ochko – fantastik natija!

Bu “Aristokratlar”ning oxirgi 50 yillikdagi ilk sovrini edi va bu shunchalik oson qo‘lga kiritilganidan muxlislar ham hayratda edi.

“Manchester Yunayted” (2012/13)

Ser Aleks qo‘l ostida yuqori darajadagi tarkib yo‘q edi. Lekin uning yodida bir gap turar edi, “Agarda sen yuqori darajadagi to‘purar bilan shartnoma imzolasang, u senga chempionlikni olib beradi.”

“MYu” “Man Siti” bilan raqobatda yutib chiqib, Robin Van Persi bilan shartnoma imzoladi. Buyog‘i yodimizda, yorqin va ishonchli 11 ochko farq bilan erishilgan chempionlik. Jamoani ideal tarzda emasligini hisobga olsak, bu shotlandiyalik mutaxassisning buyuk natijasi desak ham bo‘ladi.

“Manchester Siti” (2017/18)

100 ochko. Yana nima deyish mumkin? Pep qo‘l ostidagi jamoa asosiy raqibidan 19 ochko oldinlab ketib champion bo‘ldi va rekord o‘rnatdi. Angliya tarixida ilk bor 100 ochko to‘plash, mehmondagi eng ko‘p jamg‘arilgan ochko (50 ochko), eng ko‘p erishilgan g‘alaba (32 ta), eng ko‘p mehmondagi g‘alaba (16 ta), to‘plar nisbati +79. Fantastik natijalar.

Aguero 21 ta, Rahim Sterling 18 ta gol urgandi. Hatto tayanch futbolchisi Fernandino hisobida ham 5 ta gol mavjud edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!