
APLda mavsumning eng tezkor futbolchilari e’lon qilindi
Squawka nashri Angliya premer-ligasining yakunlangan mavsumidagi eng tezkor futbolchisini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra APLning eng tezkor futbolchisi "Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, mavsumni "Fulxem" safida ijara asosida o‘tkazgan 21 yoshli gollandiyalik futbolchi o‘tkazilgan uchrashuvlarning birida 35,32 km/soat tezlikda harakatlangan.
Bu boradagi ikkinchi va uchinchi ko‘rsatgichlar esa "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uokerga (35,27 km/soat) va "Vulverxempton" himoyachisi Ruben Vinagre (35,2 km/soat) tegishli.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum APLning eng tezkor futbolchisi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane (35,48 km/soat) bo‘lgan edi.
Fikrlar