
APLda dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi
“Liverpul” klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold APLda dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha 21 yoshli futbolchi faoliyati davomida birinchi marta ushbu sovringa ega bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Trent Aleksander-Arnold dekabr oyida APLda 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Liverpul" bosh murabbiyi Yugren Klopp ham APLda dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar