
APL. Xolandning gollari "Siti"ga ilk turda g‘alaba keltirdi
APL 1-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 36-daqiqada Xoland penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 65-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda uning o‘zi oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, Gvardiola shogirdlari yangi mavsumni ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar