
APL. "Vest Xem" kutilmaganda "Everton"ga mag‘lub bo‘ldi
APL 10-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Everton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Dominik Kalvert-Lyuinning 51-daqiqada kiritgan goli "irischilar"ga 3 ochko keltirdi.
14 ochkosi bor "bolg‘achilar" Premer-turnir jadvalida 9-o‘rinni band etib turibdi. 10 ochkosi bor Shon Daych shogirdlari 15 pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar