
APL. "Vest Xem" - "Arsenal" uchrashuvida "Siti" g‘alaba qozondi
APL 31-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Arsenal" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, "kanonirlar" Jezus hamda Edegor tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Keyinchalik, Benrahma hamda Bouen gol urib muvozanatni tikladi. Shuningdek, Saka 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.
Qayd etish lozim, ayni vaqtda "Arsenal" hisobidagi ochkolar soni 74 tani tashkil etadi va klub "Siti"dan 4 ochko oldinda. Biroq "shaharliklar" hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.
Fikrlar