
APL "Tottenxem"ning raqibini o‘zgartirmoqchi
Angliya premer-ligasi rahbariyati “Aston Villa”da koronavirus bilan bog‘liq vaziyat avj olgani tufayli taqvimni o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqda.
Birmingemliklar COVID-19 sabab, yaqinlashib kelayotgan tur “Tottenxem”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligi mumkin. Shu sababli, APL “shporlar”ning raqibini almashtirmoqchi. Aniqrog‘i, ular “Tottenxem” o‘rniga “Fulxem”ga qarshi o‘ynash variantini ko‘rib chiqmoqda.
Aytish kerakki, “Tottenxem” va “Fulxem” o‘yini aslida APLning 16-turidan o‘rin olgan bo‘lib, bellashuv 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi lozim edi. Ammo o‘shanda “Fulxem”da koronavirus avj olgan va o‘yin qoldirilgan edi.
Fikrlar