APL. "Tottenxem" "Vest Xem"ni mag‘lub etib, MYudan o‘zib ketdi
APL 30-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Vest Xem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda "shporlar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
London klubi safida Keyn dubl qayd etdi. Shuningdek, Zuma o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. "Bolg‘achilar" safida Benrahma o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shunday qilib, Konte shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 51 taga etkazib qo‘ydi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 48 ochkoga ega "bolg‘achilar" 7-pog‘onani band etgan.



Fikrlar