
APL: To‘rtinchi turning eng zo‘r o‘yinchisi kim?
Angliya Premer-ligasida to‘rtinchi turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, individual sovringa “Tottenxem” yarim himoyachisi Lukas Bregvall loyiq ko‘rildi.
Sovrin egasi Angliya Premer-ligasining ramiy sayti orqali muxlislar o‘rtasida tashkil etilgan maxsus so‘rovnomada aniqlanadi.
Qizig‘i shundaki, Angliya chempionatidan dastlabki to‘rtta turidan uchtasida eng yaxshi o‘yinchi sifatida “Tottenxem” vakillari e’tirof etilgan. Avvalgi turlarda “shporlar”dan Risharlison va Joau Palinyaning o‘yini yuqori baholagangan edi.
Yana bitta turda amaldagi chempion – “Liverpul” futbolchisi Dominik Soboslai angliyalik fanatlarnin eng ko‘p ovoziga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar