
APL tarixidagi eng yaxshi legioner himoyachi va darvozabon aniqlandi
Angliya premer-ligasi tarixidagi eng zo‘r legioner himoyachi va darvozabonlar aniqlandi.
BBC tarqatgan xabarga qaraganda ovoz berish jarayonlariga ko‘ra "Manchester Yunayted"ning daniyalik afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxel barchadan ko‘p ovoz to‘plab, premer-liga tarixidagi eng zo‘r darvozabon nomini qo‘lga kiritdi. Bu borada keyingi o‘rinlarni Petr Chex ("Chelsi"/"Arsenal") va David De Xealar ("Manchester Yunayted") egallashdi.
Eng yaxshi legioner himoyachi esa Vensan Kompani ("Manchester Siti") bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Nemanya Vidich va Yap Stamlar (ikkalasi - MYu) egallashdi.
Foto: alla4u.ru
Fikrlar