
APL. "Nyukasl" "Lester"ni mag‘lub qila olmadi, lekin Chempionlar ligasiga yo‘l oldi
APLning 37-turining so‘nggi uchrashuvi "Nyukasl" hamda "Lester" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahs 0:0 hisobi bilan o‘z nihoyasiga etdi.
O‘yinda mezbonlar tomonidan bir qancha xavfli hujumlar tashkillashtirilgan bo‘lsada, darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Ikkala jamoa ham 1 ochkodan bo‘lishib oldi va "Nyukasl" kelasi mavsumni Chempionlar ligasida o‘tkazadigan bo‘ldi. "Lester"da esa APLda qolish uchun harakatni davom ettiradi.
Fikrlar