
APL. "Nyukasl" "Chelsi"ni mag‘lubiyatga uchratib, kuchli uchlikka kirib oldi
Angliya Premer ligasi 16-turi doirasidagi "Nyukasl" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda "qora-oqlar" minimal 1:0 hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol Jo Uillok nomiga yozildi. U o‘yinning 67-daqiqasida gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi. Qo‘lga kiritilgan 3 ochkodan keyin "Nyukasl" kuchli uchlikka kirib olgan bo‘lsa, "Chelsi" 8-pog‘onaga tushib ketdi.
Fikrlar