
APL. "Manchester Yunayted" o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi
APLnin 16-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Bornmut"ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
O‘yinda Solanke hisobni ochgan bo‘lsa, Billing oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan so‘ng Senesi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "qizil iblislar" turnir jadvalida 6-o‘ringa, "Bornmut" esa 13-pog‘onaga joylashdi.
Fikrlar