
APL. "Manchester Siti" safarda "Brayton" bilan durang o‘ynadi
APLning qoldirilgan turidan o‘rin olgan "Brayton" - "Manchester Siti" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar durangga imzo chekib, 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
25-daqiqada Foden Xolandni pasini golga aylantirib, hisobni ochdi. Taym so‘nggida Ensiso super goli bilan imkoniyatlarni tenglashtirdi.
Mazkur durang ikkala jamoaning turnir jadvalidagi o‘rniga ta’sir qilmadi. "Siti" - peshqadam, "Brayton" esa 6-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar