APL. "Manchester Siti" o‘z uyida "Liverpul"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining 11-turida Arne Slotning "Liverpul" jamoasi bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Ilk gol uchrashuvning 29-daqiqasida Erling Xoland tomonidan kiritildi. Norvegiyalik forvard o‘yinning ilk daqiqalarida penaltidan ham foydalana olmagan edi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotgan paytda Niko Gonsalez farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Shuningdek, ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Doku super gol urib, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 22 taga etkazib olib, 2-o‘ringa ko‘tarildi va "Arsenal" bilan farqni 4 tagacha qisqartirdi. Mersisaydliklar esa 8-o‘ringacha tushib ketdi. Jamoa hisobida 18 ochko mavjud.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Siti
- Erling Haaland 29'
- Nico González 45'
- Jérémy Doku 63'
09.11.2025 21:30



Fikrlar