
APL. "Manchester Siti" muhim o‘yinda ochko yo‘qotdi
Angliya Premer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan "Nottingem Forest" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 41-daqiqasida "shaharliklar" futbolchisi Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 84-daqiqada Kris Vud oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Shu tariqa, "Siti" ochkolar sonini 52taga etkazib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. "O‘rmonchilar" esa 25 ochko bilan 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar