
APL. "Luton" sensatsion tarzda "Nyukasl"dan ustun keldi
APL 18-turidan o‘rin olgan "Luton" - "Nyukasl" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Andros Taunsend tomonidan 25-daqiqada kiritilgan gol bedfordshirliklarga kuchli raqib ustidan g‘alaba taqdim etdi.
Ochkolari soni 12 tani tashkil etgan "Luton" ayni dam Premer-liga turnir jadvalida o‘n sakkizinchi, 29 ochkosi bor "qarg‘alar" esa 7-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar