APL. "Liverpul" tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Angliya Premer-ligasining 15-turida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" safarda "Lids" bilan to‘qnash kelib, 3:3 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ekitike uchrashuvning 48 va 50-daqiqalarida gollar urib, dublni rasmiylashtirgan edi. Lekin "Lids" futbolchisi Kalvert-Lyuin 73-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Stach farqni yo‘qqa chiqazgan holda, hisobni tenglashtirdi. Biroq, 80-daqiqada Dominik Soboslai jamoasining 3-golini kiritib, yana jamoasini oldinga olib chiqqan edi. Ammo 90+6-daqiqada Tanaka Alisson darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yin durang bilan yakunlanishini ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, mersisaydliklar ushbu to‘qnashuvdan so‘ng ochkolar sonini 23 taga etkazib olib, 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Lids" esa 15 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Leeds United
- Dominic Calvert-Lewin 73'
- Anton Stach 75'
- Ao Tanaka 90'
06.12.2025 22:30
Liverpul
- Dominik Szoboszlai 80'
- Hugo Ekitiké 48'
- Hugo Ekitiké 50'



Fikrlar