
APL. "Liverpul" derbida "Everton"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Angliya Premer-ligasi 5-turning ilk bellashuvida Arne Slot boshqaruvidagi "Liverpul" o‘z uyida "Everton"ni qabul qilgan holda, 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Dastlab, to‘qnashuvning 11-daqiqasida Muhammad Salohning uzatmasidan so‘ng Gravenberx hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 29-daqiqaga kelib esa Ekitike oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan "Everton" futbolchilari 58-daqiqada hisobni qisqartirishdi. Gol muallifi - Idrissa Geye.
Ushbu bellashuvdan so‘ng "Liverpul" ochkolar sonini 15 taga etkazib olib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamlab oldi. "Everton" esa 7 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum

Liverpul
- Ryan Gravenberch 10'
- Hugo Ekitiké 29'
Tugadi
2
:
1
20.09.2025 16:30

Everton
- Idrissa Gueye 58'
Fikrlar