APL klublari VAR tizimini bekor qilishni so‘rashmoqda

CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi klublari mavsumni tiklashga bag‘ishlangan navbatdagi videokonferentsiyada chempionatning qolgan qismida VARdan foydalanmaslikni muhokama qildilar.

Tecno

Juma kuni xalqaro futbol assotsiatsiyalar kengashi (IFAB) har bir klubga o‘yin davomida futbolchi almashtirishn 3 tadan 5 tagacha oshirishga ruxsat berdi. Endi ushbu taklif kelgusi uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ladi. Uni amalga oshirish uchun "APL" dagi 20 ta klubdan 14 tasi rozi bo‘lsa bas.

Yana, klublar VAR dan mavsum so‘ngigacha foydalanmaslikni muhokama qiladilar. Ammo buning uchun kerakli ovoz tuplash qiyin buladi, deb yozadi chempionat rasmiy sayti. Raxbariyat xam bunga qarshi, chunki ular VARni bekor qilish musobaqa yaxlitligiga shubha tug‘diradi, deb hisoblamoqda.

Avvalroq, Angliya premer-ligasi 8-iyundan qayta boshlashni rejalashtirayotgani haqida habar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!