
APL klubi qishda "Barselona" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Frantsiyalik himoyachi Kleman Lengle “Barselona” safini tark etishi va Angliya premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga “Everton” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Mersisaydliklar bosh murabbiyi Rafael Benites shahsan Lenglening transferini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Irischilar” allaqachon Klemanning transferi borasida “ko‘k-anor ranglilar” bilan aloqaga chiqishgan. Ushbu transfer davralar oralig‘idayoq amalga oshirilishi mumkin. “Barsa” rahbariyati Langleni 20 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Kleman Langle joriy mavsum La Ligada 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar