APL klubi "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda
Angliyaning "Vulverxempton" klubi "Milan" yarim himoyachisi Frank Kessiega qiziqish bildirmoqda.
Inglizlar futbolchini yozda qo‘lga kiritmoqchi bo‘lishgan edi. Hamon yarim himoyachiga bo‘lgan qiziqishni saqlab turishibdi va yanvar oyida taklif yuborishni rejalashtirishmoqda.
"Bo‘rilar" Frank Kessie va Patrik Kutrone bilan aloqalarni tiklashmoqchi. Afrikalik futbolchi katta maosh tufayli "Milan"ni tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Kessie joriy mavsum A Seriyada 7 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.



Fikrlar