
APL. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda "Liverpul" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL 32-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Nottingem Forest" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Mersisaydliklar tarkibida Jota dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Muhammad Saloh ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. "O‘rmonchilar"ning ikki goli Uilyams hamda Gibbs-Uayt tomonidan kiritildi.
Fikrlar