APL. Gollarga boy o‘tgan bahsda "Bornmut" kambek qurboni bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 13-turida "Sanderland" va "Bornmut" jamoalari bahs olib bordi.
Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda 0:2 hisobida oldinga chiqib olgan "giloslar" o‘yin yakuniga qadar o‘z darvozasidan 3 ta to‘p olib chiqdi. Dastlab o‘yinning 7-daqiqasida Amin Adli hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Taylor Adams super gol bilan oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 30-daqiqada Enso Li Fi penaltidan unumli foydalanib hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Bertran Traore gol urib muvozanatni tikladi. 69-daqiqada Li Fining uzatib bergan to‘pini Brayn Brobbey bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa gol urilmadi va "Sanderland" irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Sunderland
- Enzo Le Fée 30'
- Bertrand Traoré 46'
- Brian Brobbey 69'
29.11.2025 20:00
AFK Bornmut
- Amine Adli 7'
- Tyler Adams 15'
Ushbu g‘alabadan so‘ng, "qora mushuklar" ochkolar sonini 22 taga etkazib olib, turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. "Bornmut" esa 19 ochko bilan 9-o‘ringa pastladi.



Fikrlar