
APL. "Fulxem" "Nottingem Forest"dan so‘ng "Vest Xem"ni ham 5:0 hisobida mag‘lub etdi
Premer-liganing 16-turidan o‘rin olgan "Fulxem" - "Vest Xem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Qizig‘i, jamoa o‘tgan turda "Nottingem Forest"ni ham aynan shu hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi.
Maydon egalari safida gollar Ximenes, Villian, Adarabiyo, Uilson va Vinisius nomiga qayd etildi. Mehmonlar maydonni golsiz tark etdi.
Ushbu natijadan keyin "Fulxem" turnir jadvalida 21 ochko bilan 10-o‘ringa chiqib oldi. "Vest Xem" esa 24 ochko to‘plagan holda 9-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar