
APL. "Chelsi" o‘ziga o‘xshayapti! "Aristokratlar" o‘z maydonida "Brentford"ga mag‘lub bo‘ldi
APL 10-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Brentford" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Pinnok 58-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Mbemu farqni ikkitaga etkazib oldi.
12 ochkoga ega Pochettino shogirdlari APL turnir jadvalida 11-pog‘onani band etib turibdi. 13 ochkosi bor "Brentford" 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar