
APL. "Arsenal" irodali tarzda g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa chiqib oldi
APLning 28-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Brentford" bahsida "kanonirlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Rays 19-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘nggida Ramzdeylning xatosi orqali Vissa imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda esa Xaverts boshi bilan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, "Arsenal" turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Brentford" bo‘lsa 15-pog‘onada bormoqda.
"Arsenal" 2:1 "Brentford"
Fikrlar