
APL. 14-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!
Angliya Premer ligasining 14-tur o‘yinlari kutilmagan natijalar bilan barchaning e’tiborini jalb qila oldi. Unga ko‘ra, "Arsenal" safarda "Everton" klubiga 2:1 hisobida yutqazgan bo‘lsa, "Tottenxem" futbolchilari "Lester" maydonidan boshi egik holatda chiqib ketdi va "Vulverxempton" "Byornli"ga mag‘lub bo‘lgani ham kutilmagan natija bo‘ldi. "Liverpul" mehmonda raqib darvozasiga 7 ta gol urdi. "Manchester Yunayted" va "Lids" qarama-qarshiligida (6:2) to‘p 8 marta darvoza to‘ridan joy oldi. Biz an’anaga sodiq qolib, APLning navbatdagi tur o‘yinlariga ham fotomaqola tayyorladik.
Minamino!
Firmino!
Mane!
Saloh!
Va 0:7!
"Sautgempton" va "Manchester Siti" qarama-qarshiligi ancha asabiy ruhda kechdi.
Sterling tomonidan 16-daqiqada kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
Raqobatbardosh jamoaga aylanib ulgurgan "Sautgempton" jamoasi bahs davomida osonlikcha taslim bo‘lishni xohlamadi va oxirigacha kurash olib bordi.
Angliyalik yarim himoyachining soch turmagi o‘zgarganidan beri jamoasiga ko‘p foydasi tegmoqda.
Artetaga nima bo‘ldi?
Uning shogirdlarigachi?
Suratdan Meytlend-Naylzni toping!
Anchelotti tuzgan jamoa APLning jozibasiga yanada ko‘proq joziba qo‘shmoqda.
Arteta ketadimi yoki klub quyi ligaga ravona bo‘ladimi? Shu kabi savollar omma oldida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Katta ehtimol bilan barchasiga 26 dekabr kuni "Chelsi"ga qarshi kechadigan derbida javob olamiz.
Mett Ritchi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va avtogol muallifiga aylandi.
Areolya darvozasi faqatgina penaltidan ishg‘ol qilindi.
Uni kechiring! Har holda, "Nyukasl" mag‘lub bo‘lmadi, durang ham ochko olib keladi.
"Brayton" o‘zining ko‘rkam arenasida "Sheffild"ni qabul qildi.
Ochko jamg‘arishda yaxshigina qiyinchilikka uchrayotgan jamoa futbolchisi dastlabki bo‘limdanoq qizil kartochka olishi ahvolni yanada og‘irlashtirdi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, Jeyden Bogl "Sheffild"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Uelbek yodingizdami? "Manchester Yunayted" va "Arsenal" safida o‘zining yulduzli onlarini o‘tkazgan forvard "Brayton"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"London dushmani" - Jeymi Vardi!
Garet Beyl golf o‘ynab yuravergani ma’qul, shekilli.
"Tulkilar" oldida ojiz qolgan Loris darvoasi.
Sakkizinchi marta Joze Mourino va Brendan Rojers qarama-qarshiligi kuzatildi va ilk bor portugaliyalik mutaxassis angliyalik murabbiyga imkoniyatni boy berdi.
O‘tgan turda Muhammad Saloh "qotil tandem"ga dars o‘tib qo‘ygandi. Bu safar esa, Vardi "katta sahna"ga chiqdi.
MYu va "Lids" o‘zaro futbol o‘ynashdimi yoki xokkey?
Izoh sizdan bo‘lsin!
6:2! Sulsher shogirdlari Belsa jamoasiga qarshi uchrashuvda shunday natija qayd etdi.
Anvar El-G‘ozi dubl qayd etgan uchrashuvda "Aston Villa" "Vest Bromovich" klubini 3:0 hisobida taslim etdi.
Shunaqasi ham bo‘lib turadi.
Hujum chizig‘ining asosiy vakillari Jek Grillish hamda Olli Uotkins samarali harakatni amalga oshira olmayotgan bo‘lishiga qaramay, birmingemliklar gollar urishni maromiga etkizmoqda.
"Byornli" o‘z maydonida "Vulverxempton"ni mag‘lub etishni uddasidan chiqdi.
Ajoyib surat!
Bahs keskin kurashlarga boy bo‘lganligini hakamning holatidan bilib olsa ham bo‘ladi.
Vatandoshlarini APLning bir jamoasiga yig‘ib, mazmunli o‘yinlar ko‘rsatib bergan Eshpiritu Santu uchrashuvda bir joyda o‘tirolmadi va kutilmaganda uning shogirdlari "Byornli"ga yutqazib qo‘yishdi.
Ushbu qarama-qarshilikda eng yaxshi fotograflar ishlagan shekilli, chiroyli suratlar ko‘p ekan.
"Vest Xem"ning Londondagi bellashuvida to‘qnashuvlar ko‘p bo‘ldi.
"Chelsi"ning asosiy himoyachilaridan biri Chiluell jarohat olib, maydonni erta tark etdi.
Navbatini uzoq kutgan Temmi Abraham nihoyat, o‘z so‘zini aytdi va ikkita golga mualliflik qildi.
Fikrlar