
Anzur Ismoilov poytaxt klubiga qaytdi
OKMK safini tark etgan tajribali himoyachi Anzur Ismoilov "Lokomotiv"ga qaytdi. Bilasiz, u 2018-2019 yillar davomida ham "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qilgan.
Bir yarim yil davomida 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta gol hamda 2 ta assist qayd etgan futbolchi, poytaxt klubi bilan O‘zbekiston Superligasida zafar quchgan va Superkubokni ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar