Anzur Ismoilov "Paxtakor"ga o‘tadimi?
Yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan tajribali himoyachi Anzur Ismoilov bor e’tiborini klubdagi faoliyatiga qaratishini ma’lum qilib o‘tgandi.
Ayni vaqtda «Lokomotiv» sharafini himoya qilayotgan Ismoilovning joriy mavsum yakunida klub bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etadi. Bir necha oy oldin esa Anzurga «Paxtakor» klubi tomonidan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Bunga oydinlik kiritish maqsadida «Paxtakor» klubining sport direktori Ja’far Irismetov bilan bog‘langanimizda hammasini keyingi yilning yanvar oyida bilib olasizlar, deya javob qaytardi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, milliy terma jamoamiz tarkibida 104 ta uchrashuvda maydonga tushgan futbolchimiz uchun yana xorijdan ham takliflar yo‘q emas. Demak, bu borada futbolchi o‘zi uchun qulay variantlarni ko‘rib chiqayotgan bo‘lsa ajab emas. Shunday ekan, voqealar rivojini kuzatib boramiz.



Fikrlar