
Anxel di Mariya: "Shu tarzda yakunlash — juda og‘riqli"
"Benfika" futbolchisi Anxel di Mariya Portugaliya chempionati yakunlanishi ortidan klubni tark etish qarori haqida gapirdi.
— Bu chempionatda biz xohlagan natija emas edi. Shu tarzda yakunlash — juda og‘riqli. Bu futbolkadagi mening chempionatdagi oxirgi o‘yinim edi. Uni yana bir bor kiyganimdan faxrlanaman. Oldimizda kubok finali bor va unda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz, — dedi argentinalik futbolchi "Benfika"ning rasmiy saytiga.
Joriy mavsumda 37 yoshli Di Mariya barcha musobaqalarda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, jamoa ichki chempionatni 80 ochko bilan 2-o‘rinda yakunlandi. "Sporting" esa raqibidan 2 ochko ko‘p to‘plagan holda, chempionlikni rasmiylashtirdi. Ushbu ikki klub o‘rtasidagi so‘nggi bellashuvda esa 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan edi. Di Mariya ta’kidlagan finalda esa jamoa yana "Sporting" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar