Anvar Berdiev: Murabbiylikka o‘tgach, xarakteringizni o‘zgartirmasangiz bo‘lmas ekan

  • 1 avgust, 2019, 18:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar davomida futbolchi sifatida tanilgan va muxlislarning hurmatini qozongan Anvar Berdiev endilikda o‘zini murabbiy rolida sinab ko‘rishga qaror qildi. Shu bois uning faoliyatida burilish yuz berdi. Endi unga Anvar To‘xtaevich deya murojaat qilishadi. Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Berdiev aynan ushbu klubda murabbiy sifatida ish boshladi.  

Tecno

- Futbolchilik faoliyatingizni yakunlab murabbiylikka o‘tganingizni ko‘pchilik bilgani ham yo‘q. Bunday qaror qabul qilishingiz oldindan rejalashtirilganmidi?

- To‘g‘risini aytsam, hali yana futbol o‘ynashga ishtiyoqim yo‘qolmagandi. Bilsangiz, qishda mavsumga tayyorgarlikni “Neftchi”da olib bordim. Jamoa pro-ligaga tushib ketgandi va men ularga yordam bermoqchi edim. Ochig‘i, ushbu mavsumda “Neftchi” orqali faoliyatimni tugatmoqchi edim. Hammasi joyida bo‘lib, jamoa 1-2-o‘rinlarda ketayotgan paytda chempionatning oxirgi turida muxlislar bilan xayrlashuv uchrashuvimni o‘tkazish rejasi bor edi va bu haqida “Neftchi” murabbiylari bilan gaplashib olgandim. Ammo keyin murabbiylar bilan tushunmovchilik bo‘ldi. Chempionat boshlanishiga 20 kuncha vaqt qolganida ularning fikrlari o‘zgarib qoldi. Ularga halaqit berdim shekilli, endi yoshlarni o‘ynatamiz deb aytishdi. Menga ungacha ham “Istiqlol”dan bosh murabbiy Sergey Lebedev qo‘ng‘iroq qilib jamoasiga taklif qilayotgandi. Xohlasang o‘ynaysan, xohlasang murabbiylik qilasan deb taklif bildirgandi. Lekin “Neftchi” moliyaviy tomondan qiynalayotgandi va bunday paytda jamoadan ketsam hamma pul yo‘qligida tashlab ketdi degan noto‘g‘ri hayollarga borishlarini istamagandim. Ammo mart oyiga kelib “Neftchi” murabbiylari mening ketishimni xohlashdi. Vaholanki, buni menga ertaroq aytib, boshqa rejalarimiz bor, bizga kerak emassan deyishsa ham to‘g‘ri tushunardim. Xullas, “Neftchi”dan ketib “Istiqlol”ga o‘tdim. U erga borgach, Lebedev bilan gaplashdim. Unga kim sifatida kerak bo‘laman dedim. Ya’ni, futbolchimi yoki murabbiymi? Men esa ikkala yo‘nalish bo‘yicha ham yordam berishga tayyorligimni aytdim. Baribir Lebedev futbolni tushunadi. Xohlasang o‘yna, xohlasang murabbiy bo‘l, muhimi bizga keraksan dedi. Shu tariqa, “Istiqlol” bilan shartnoma tuzdik. Kuchim etganicha futbol o‘ynashimni aytdi. Qachon maydonda yordamim kerak bo‘lsa, tushib o‘ynashga tayyorman dedim. “Istiqlol” safida to‘rtta uchrashuvda o‘ynadim va ikkita o‘yinda gol urdim. Shundan so‘ng asta-sekin murabbiylikka qiziqa boshladim. Lebedev futbolchilarning chigalyozdi mashg‘ulotlarini menga topshirishni boshlagach, qiziqishim orta boshladi. “Istiqlol” jamoasi rahbari Muxtor xoji akaga ham katta rahmat. “Xorazm”ga qarshi o‘yindan keyin u kishi jamoada yig‘ilish o‘tkazib, Anvar Berdiev bosh murabbiyga yordamchi bo‘ldi deb e’lon qildi. Oxirgi paytlarda garchi zaxira o‘yinchilari ro‘yxatiga yozilsam ham Lebedevga yaqindan yordam berishni boshladim.

Anvar Berdiev

- Endi qachon xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazmoqchisiz?

- Bunday istagim bor. Nasib qilsa, mavsum oxirida buni tashkillashtirishni o‘ylab turibmiz. Bu borada “Istiqlol” rahbarlari bilan gaplashdik. Oldin birga o‘ynagan futbolchilarni chaqirib, xayrlashuv o‘yinini o‘tkazish niyatim bor.

- O‘zbekiston chempionati tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchisiz. Hali hech kim chempionatda siz kabi 225 ta gol urmagan. Qolaversa, Asror Aliqulovdan keyin eng ko‘p o‘yinda maydonga tushgan futbolchisiz. Ortga nazar tashlaganingizda nimalar xayolingizdan o‘tadi?

- Bunday paytda ko‘z oldingizga hamma narsa kelarkan. Futbolni qachon boshlaganingiz, qaysi jamoadan birinchi taklif bo‘lgani, birinchi murabbiyingiz...baribir hamma narsani o‘z vaqti soati bor. Men o‘zimni futbolsiz tasavvur qila olmayman. Ozmi-ko‘pmi, o‘zbek futboliga va ayniqsa hujumchilarga yordamim tegsa xursand bo‘laman.

- Faoliyatingizdagi bunday o‘zgarishlarga ko‘nikishingiz qanday kechmoqda?

- Shu haqida kuni kecha bosh murabbiy bilan gaplashgandik. Haqiqatan futbolchilik va murabbiylik boshqa-boshqa narsalar. Murabbiylikka o‘tganingizdan keyin xarakteringizni o‘zgartirmasangiz bo‘lmas ekan. Murabbiy tashqaridan hammani kuzatadi, barcha futbolchilarga e’tibor qaratadi. Murabbiy ruhshunos bo‘lishi shart. Qo‘l ostidagi har bir o‘yinchiga kerakli gaplarni topib gapirishi kerak. Lekin menda hozircha u qadar qiyinchiliklar bo‘lmayapti. Ammo futbol o‘ynab yurgan paytimda murabbiylikka o‘tsam qanaqa bo‘larkin deb o‘ylanib yurardim. Bunday imkoniyatni menga taqdim etgani uchun Sergey Lebedevga minnatdorchilik bildiraman. U qachondir murabbiylikka o‘tishing kerak edi degandi. “Istiqlol”da hamma bir oila bo‘lgani uchun bir-birini qo‘llab-quvvatlashadi. Bunday muhitda esa yangi ishga ko‘nikish ham oson bo‘ladi.

Anvar Berdiev rasm

- Futbolimizda yosh murabbiylar ham ko‘payib boryapti. Masalan, Superligada ham oldin siz bilan birga o‘ynagan tengdoshlaringiz murabbiylik qilishyapti. Siz esa mana endi bu sohaga o‘tdingiz. Aytmoqchimanki, murabbiylikka o‘tishda kech qolmadingizmikin?

- Bu narsa xayolimga ham kelmagan. 41 yoshgacha futbol o‘ynagan bo‘lsam, qaysi jamoada bo‘lmasin yordamim tegdi deb o‘ylayman. To‘g‘ri, siz aytgandek, yosh murabbiylar ham bor va ularga omad tilayman. Lekin chempionatimizda bunday murabbiylar 3-4 ta. Qolganlari menimcha 45-50 yoshgacha bo‘lgan murabbiylar. Superligada yosh murabbiylar deb Ilhom Mo‘minjonov bilan Ulug‘bek Baqoevni aytishim mumkin. Ular o‘zlarini qanday murabbiyligini ko‘rsatishdi va ko‘rsatishyapti. Pro-ligadagi murabbiylarni nazarda tutayotganim yo‘q. Xullas, men murabbiylikka endi o‘tgan holda kech qoldim deb hisoblamayman. Hammasini o‘z vaqti soati bor. Xudo peshonangizga nima yozsa, shu bo‘ladi. Taqdirdan qochib qutula olmaymiz.

- Anvar aka, futbolni shu yoshgacha o‘ynab eng keksa o‘yinchi nomiga erishmoqchimidingiz yoki nimanidir zabt etmoqchi edingizmi?

- Yo‘q. To‘g‘risi, men urgan gollarimga qiziqaman. Chempionat, Kubok, xalqaro maydonlardagi o‘yinlar, umuman hammasini qo‘shib hisoblaganda gollarim soni 290 taga yaqinlashib qolgandi. Agar yana harakat qilsam, gollarimni 300 taga etkazib qo‘yishim mumkin degan maqsad paydo bo‘lgandi. Lekin 300 lik dovonga yaqinlashganimning o‘zi katta gap. Ochig‘i, O‘zbekistonda mendan ko‘ra kuchli hujumchilar bo‘lgan. Ularning orasida eng ko‘p gol urgan futbolchi nomiga erishishni tasavvur ham qilmagandim. Agar yoshligimda kimdir menga kelajakda shunday bo‘ladi desa buni hayolimga ham keltira olmagan bo‘lardim. Katta-katta hujumchilar orasida birinchi o‘rinda turganim men uchun faxr. Hammasi uchun Xudoga shukr aytaman. Qaerda o‘ynagan bo‘lsam ham borimni berganman. Hech qachon o‘ynagan klublarimdan o‘z ixtiyorim bilan ketmaganman. Bir kun tuz egan joyinga 40 kun salom ber degan gap bor. Hamma jamoada ham o‘ziga yarasha yorqin xotiralar qolgan.

- Murabbiylikda litsenziya muhim rol o‘ynaydi...

- Bungacha “S” litsenziyasiga o‘qiganman. Ma’lumotim oliy. O‘zimni murabbiylikka bag‘ishladimmi, endi barcha o‘y-xayollarim shunga qaratiladi. Hammasini bosqichma-bosqich bajaraman. Bu haqida Sergey Lebedev bilan ham gaplashdim.

Anvar Berdiev2

- Murabbiyga o‘tishdan avval ustozingiz Yuriy Sarkisyan bilan ham gaplashdingizmi?

- Yuriy Vazgenovich bilan hali gaplashganim yo‘q. Menimcha, uning bundan xabari bo‘lmasa kerak. Men ham, Lebedev ham uning shogirdimiz. Toshkentga borsak, Sarkisyan bilan gaplashib turamiz. Futbolda nimagaki erishgan bo‘lsam, hammasi uning orqali bo‘lgan. O‘zi ham hujumchi bo‘lgan. Futbolni “Mash’al”da boshlaganman, keyin “Nasaf”ga o‘tganman. O‘sha paytda “Neftchi”da to‘p surish hammaga ham nasib qilmasdi. Meni taklif qilishganida esa rosa xursand bo‘lganman. U paytda “Nasaf”da murabbiy yo‘q edi. Taklif bo‘lgach, jamoamiz etakchisi bo‘lgan Ro‘ziqul aka Berdiev bilan maslahatlashgandim. Albatta, Sarkisyan bilan yana gaplashaman. Bilaman, u hech qachon bizdan o‘z yordamini va tajribasini yashirmaydi. Ayniqsa, uning qo‘li ostida to‘p surgan futbolchilar murabbiylikka o‘tishsa, bundan faqat xursand bo‘ladi. Sarkisyanni bir gapi bor va bu hech qachon yodimizdan chiqmaydi: qachonki, futbolning qoni bilan yashasang, futbol seni doim tepaga ko‘tarib turadi. Agar boshqa ishlar bilan shug‘ullanishni boshlasang, futbol seni bir chetga chiqarib qo‘yadi derdi. Bu kabi insonlar hali futbolimizga kerak.

- “Neftchi”ning bugungi ahvolga tushib qolishiga kim yoki nima sababchi?

- 2013 yili Yuriy Sarkisyan “Neftchi”dan ketgach, menga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatishgan. Aslida esa faoliyatimni doim shu klubda tugatishni istaganman. Ammo hozirgi holatga kelib qolishida aniq bir kishini ayta olmayman. “Neftchi”ni qo‘lga olib, kuchaytirib yuboramiz degan odamlar qattiq adashishdi. Sarkisyan yillar davomida ishlab “Neftchi”da muayyan tizimni yaratgandi. Har yili u erda kamida ikkita yosh o‘yinchi porlab chiqardi. Yuriy Vazgenovichdan keyin klubga nechta murabbiy kelib-ketdi? Borgan sari jamoaning mavqei pasayib boryapti. To‘g‘risi, Yuriy Sarkisyanning qadriga etishmadi. U ketgach, Farg‘ona futboli ayanchli ahvolga tushib qoldi. “Neftchi”ni qachondir pastki ligaga tushib ketishi xayolimizga ham kelmagandi. Jamoaga jonini bergan insonlar uchun “Neftchi”ni bunday ahvolda ko‘rish og‘ir. Ammo vaqti kelib “Neftchi” yana o‘z mavqeiga qaytada deb ishonaman. Endilikda Farg‘onada boshqa bir jamoa shakllanib boryapti. “Istiqlol” o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan. Bu yil Superligaga chiqish uchun jiddiy kurashyapti.

- Jamoadagilar sizga murabbiy sifatida qarashyaptimi yoki hali ham futbolchi deb qabul qilishyaptimi?

- Kimlardir aka deydi, kimlardi murabbiy deb qarashyapti. Lekin ko‘pchilik menga murabbiy sifatida murojaat qilishyapti. O‘zimga ham bu jamoada ishlash yoqyapti.

- Murabbiylikdagi orzuingiz nima?

- Futbolda erishgan yutuqlarimni murabbiylikda ham qo‘lga kiritmoqchiman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Стас Михайлов
01/08/2019 20:03
Кайнотангни йулидан чикмайсанку узинча пул йўклигида кетяптимиш йозиб чизиб булсаям олишасан кайнотани угли
&
02/08/2019 05:11
Балабол,санга бас Анварни обсуждать килиш.
&
02/08/2019 05:11
Балабол,санга бас Анварни обсуждать килиш.
&
02/08/2019 05:14
Анвар,худо хохласа Нефтчимизни бош мурабийи буласан,иншаоллох Вазгенычдан телефонда булса хам патаха ол
&
Стас Михайлов
10/08/2019 16:19
Богинга қотоғим сани пидараз анварри ота қилиб ол кўтинга сиктириб юрасан пиздабол